PBCPerfect Business Consulting
Natijaga ishlaymiz

Ko‘rsatiladigan xizmatlar

Quyidagi xizmat turlarini taklif etamiz:

Kompaniyamiz buxgalteriya hisobini yuritish va unga hamrohlik qilish xizmatlarini ko‘rsatadi. Korxona bilan shartnoma tuzgach, biz buxgalteriya va soliq hisobini yuritish, shuningdek buxgalteriya, soliq va statistika hisobotlarini tegishli organlarga o‘z vaqtida taqdim etish majburiyatini o‘z zimmamizga olamiz.

Buxgalteriya autsorsingining afzalliklari

  • Ishonchlilik
  • Vaqtni tejash
  • Servis

Ishonchlilik

  • Malakali xodimlar shtati. Professional jamoamiz o‘z malakasini doimiy oshirib boradi. «PBC» ko‘plab tashkilotlarning hisobini yuritadi, bu bizga tajriba to‘plash hamda samarali va ishonchli bo‘lib qolish imkonini beradi.
  • Sug‘urtalangan xatarlar. Bosh buxgalter yoki buxgalteriya bo‘limidan farqli ravishda, kompaniyamiz «ASIA INSHURANS» MChJ sug‘urta kompaniyasi bilan BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISH XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI TASHKILOTNING FUQAROLIK (KASBIY) JAVOBGARLIGINI SUG‘URTA QILISH SHARTNOMASIGA ega. Ushbu shartnoma zararni pul shaklida qoplash bo‘yicha ishonch va kafolat beradi.

Tejamkorlik

  • Narx shtatdagi xodimga nisbatan 30–50% past. Sizga buxgalterlar shtatini saqlash shart emas, shu orqali ish haqi va ish o‘rinlarini tashkil etishda tejaysiz. Bundan tashqari, tejamkorlikka 12% JShDS va 12% ijtimoiy soliqni qo‘shish mumkin, bu yakunda xarajatlarda yana 24% ga yaqin tejash beradi.
  • Buxgalteriya va huquqiy dasturlar hamda ma’muriy xarajatlarda tejash. Buxgalteriyangiz uchun ofis saqlash xarajatlarini (mebel, orgtexnika, kanselyariya tovarlari, dasturlar va h.k.) ko‘tarishingiz shart emas.

Buxgalteriya hisobi xizmatlari sohasidagi servis

Firmalarga autsorser kompaniya tomonidan buxgalteriya xizmati ko‘rsatilishi — taklif etilayotgan xizmatlar sifatiga shubha qilmasdan, buxgalter ishi qiymatida tejash imkoniyati. Sizning ixtiyoringizda doimo quyidagilar bo‘ladi:

  • mutaxassis bilan aloqa,
  • hisob va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha maslahatlar,
  • shaxsiy «1C:Buxgalteriya» bazasiga kirish,
  • hujjatlar, hisobotlar va ma’lumotnomalarni tezkor tayyorlash.

Korxonada buxgalteriya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish — dono rahbarning vazifasi!

Endi ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilishi uchun javobgarlikni zimmangizga olishingiz shart emas, chunki o‘z ishimiz uchun biz javob beramiz!

Savollar qoldimi?

Telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.