Biz haqimizda
Biz moliyaviy, buxgalteriya, soliq va yuridik konsalting bo‘yicha to‘liq xizmatlar majmuini ko‘rsatamiz — kundalik jarayonlar uchun biz javob berayotgan paytda siz o‘z biznesingiz bilan shug‘ullanishingiz uchun.
Katta ish tajribasi va xizmatlar doirasining doimiy kengayishi Sizga ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi va sifatining maqbul nisbatini taklif etish imkonini beradi.
Korxonalarga kompleks xizmat ko‘rsatish biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobni yo‘lga qo‘yish va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha maslahat berishdan boshlanadi. Savodli tadbirkorlar buxgalteriya, soliq va kadrlar hisobini autsorsing tizimi bo‘yicha yuritishni tanlaydi, bu vaqt va pulni tejash imkonini beradi.
Hisobni mustaqil yuritishni va buxgalter kasbini egallashni istaganlar uchun esa «SUNLIGHT STUDY» o‘quv markazida amaliyot bilan buxgalteriya hisobi kurslarini taklif etamiz: u yerda mutaxassislarimiz dars beradi va ularning rahbarligida stajirovka o‘tash imkoniyati mavjud.
Biz mijozlarimiz va hamkorlarimizning rivojlanishini kuzatib boramiz va ularning yutuqlaridan quvonamiz. Ularning ko‘pchiligi biznesda yuqori natijalarga erishdi. Mijozlarimiz soni doimiy ortib bormoqda va Sizni ham ular orasida ko‘rishdan xursand bo‘lamiz!
Xizmatlarimiz sifati ISO 9001:2015 standartlari talablariga javob beradi.
Mukofotlar va sertifikatlar
Savollar qoldimi?
Telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.













